Nasiya daftaringiz endi o‘zi hisoblaydi
Asmart Business — nasiya savdo, qarz, bo‘lib to‘lash, ijara, ombor va kassa hisobini bitta joyda yurituvchi boshqaruv tizimi. Kim bugun to‘lashi kerak, kim kechikdi, qaysi mahsulot kam qoldi, bugun qancha tushdi — hammasi bosh sahifada.
- Ma’lumotlar shifrlangan
- Texnik qo‘llab-quvvatlash
- Mobilga moslashgan
Daftar esdan chiqaradi. Dastur — yo‘q
Nasiya savdoda hisob daftarda, Excel’da va xotirada sochilib yotsa — to‘lovlar esdan chiqadi, kassa to‘g‘ri kelmaydi.
- Kim qachon to‘lashi esda qolmaydiBosh sahifada bugun to‘lashi kerak bo‘lganlar va kechikkanlar ko‘rinib turadi.
- Kechqurun kassa to‘g‘ri kelmaydiSmena yopilganda Z-hisobot: tizimdagi pul sanalgan pul bilan solishtiriladi — kamomad yoki ortiqcha darrov ko‘rinadi.
- Omborda nima qolgani noma’lumAniq qoldiq, kam qolgan mahsulotlar va inventarizatsiya.
Har bir to‘lov nazoratda — eslab yurish shart emas
Bo‘lib to‘lash, ijara va qarz daftari bitta mijoz bazasida: ro‘yxatda har bir mijozning qarzi, nasiya va ijara shartnomalari birga ko‘rinadi. Dasturni ochasiz — bugun kim to‘lashi kerakligi va kim kechikkani tayyor turadi.
- To‘lov grafigi avtomatik. Narx, boshlang‘ich to‘lov va muddatni kiritasiz; ustama foizi sozlamalardagi muddat jadvalidan olinadi — grafik o‘zi tuziladi.
- SMS rassilka va avto-qo‘ng‘iroq. Kechikkan mijozlarni tanlaysiz — shablon SMS yoki yozib olingan ovozli xabar bir bosishda ketadi.
- Bloklash (iCloud). Nasiyaga berilgan qurilmaning iCloud hisobi shartnomaga bog‘lab saqlanadi — to‘lov kechiksa, qurilmani shu hisob orqali bloklaysiz.
- Qarz daftari. Berilgan qarz, qaytarish sanasi, kelgan to‘lovlar va qoldiq — har bir mijoz bo‘yicha.
Kechqurun kassa bir tiyinigacha to‘g‘ri keladi
Savdo va to‘lovlar Tranzaksiyalarda, xarajatlar Kassada yuritiladi. Smena yopilganda Z-hisobot tayyor: kirim-chiqim, to‘lov turlari bo‘yicha taqsimot, kamomad yoki ortiqcha. Yangi savdo va to‘lov haqida Telegram botga xabar keladi.
- Smenani yopish. Boshlang‘ich qoldiq oldingi smenadan o‘zi o‘tadi; kassir sanagan pulni kiritadi — farq darrov ko‘rinadi. Smenalar tarixi saqlanadi.
- Naqd, karta, hisob raqami — va o‘zingiz qo‘shgan turlar (Click, Payme, terminal). Qaytarish to‘liq ham, qisman ham bo‘ladi.
- So‘m va dollar kassasi. Kassada ikki valyuta alohida yuritiladi, konvertatsiya bor; kursni o‘zingiz belgilaysiz. Savdo so‘mda bo‘ladi.
- Telefon kamerasi — skaner. QR orqali ulaysiz, o‘qilgan mahsulot savatga tushadi (Android Chrome’da); USB skaner ham ishlaydi.
Kirim qilganda foydangizni darrov ko‘rasiz
Kirim narxini so‘m yoki dollarda kiritasiz, ustamani summa yoki foizda belgilaysiz — tannarx, sotuv narxi va foyda shu zahoti chiqadi.
- Ko‘p ombor
- Inventarizatsiya
- Yetkazib beruvchilar
- Kategoriya va brendlar
- Nakladnoy
- Sennik
- Shtrix-kod
- Excel import / eksport
Tannarx 3 968 000 so‘m
Sotuv narxi 4 444 000 so‘m
Foyda (dona) + 476 000 so‘m
Kurs 12 800
Do‘koningiz mijozning Telegramida ochiladi
Ombordagi mahsulotlarni tanlab, bir bosishda do‘konga chiqarasiz — narx va qoldiq Ombordan o‘zi yangilanib turadi. Mijoz ilova o‘rnatmaydi — botni ochadi, tanlaydi, buyurtma beradi. Buyurtma esa sizning panelingizga tushadi.
- O‘z rangingiz va nomingiz. Do‘kon sizning brendingizda ko‘rinadi.
- Bannerlar, chaqmoq chegirma, promokodlar. Muddatli chegirma taymer bilan chiqadi; promokod foiz, summa yoki bepul yetkazish beradi.
- «so‘m/oy dan» yozuvi. Muddatli to‘lovni yoqsangiz, mahsulot kartasida taxminiy oylik summa ko‘rinadi.
- Buyurtma va sharhlar. Buyurtma «Yangi»dan «Yetkazildi»gacha holatlarda yuradi, yetkazish hududlari va narxi sozlanadi; sharhlar siz tasdiqlagach chiqadi.
Xodimlar o‘z ishini ko‘radi, siz — butun biznesni
Xodimlar, tabel va oylik
Har bir xodimga rol berasiz: kim qaysi bo‘limni ko‘radi, kim nimani o‘zgartira oladi. Davomat, avans, oylik va bonus ham shu yerda.
- Rollar va ruxsatlar — xodim qaysi bo‘limlarni ko‘radi va qaysi amallarni (ko‘rish, qo‘shish, tahrirlash, o‘chirish, eksport) bajara oladi.
- Xodimlar va tabel — ishni boshlash va tugatish surat hamda joylashuv bilan belgilanadi.
- Oylik, avans, bonus va jarima — bitta vedomostda hisoblanadi.
- Kechikish hisobi — kech qolgan daqiqalar, kelmagan kunlar va bayram kunlari inobatga olinadi.
13 ta tayyor hisobot
Excel’da formula yozish shart emas: 7 ta hisobotda davrni o‘zingiz tanlaysiz, qolganlari joriy oy bo‘yicha tuziladi. Statistika bo‘limida esa nasiya, savdo, xarajat va jamoa ko‘rsatkichlari grafiklarda.
- Foyda va zarar
- Sotuvlar
- Qarzdorlik
- Pul oqimi
- Operatsiyalar
- Xarajatlar
- Rentabellik
- Moddiy hisobot
- Ombor qoldig‘i
- Market hisoboti
- Davomat
- Oylik vedomosti
- Bonus hisoboti
Biznesingizni bir dasturda tizimlashtiring
Bir nechta alohida dastur va daftar o‘rniga — bitta hisob, bitta login.
Savdo va pul
- Savdo
- Bo‘lib to‘lash
- Ijara
- Qarz daftari
- Kassa va smena
- Tranzaksiyalar
- Dollar kursi
Ombor
- Ombor
- Ko‘p ombor
- Inventarizatsiya
- Yetkazib beruvchilar
- Kategoriya va brendlar
- Telefon orqali skaner
- Excel import / eksport
Mijoz bilan aloqa
- Onlayn do‘kon
- Telegram bot
- SMS rassilka
- Avto-qo‘ng‘iroq
- Bloklash (iCloud)
Jamoa va hisobot
- Xodimlar va tabel
- Oylik va bonus
- Rollar va ruxsatlar
- Statistika
- 13 ta hisobot
Bosma xizmatlar
- Sennik
- Shtrix-kod
- Voucher
- Banner
- Kun aksiyasi
- Nakladnoy
O‘rnatish yo‘q. Brauzerni ochasiz — ishlaysiz
- Bog‘lanasiz
Qo‘ng‘iroq qilasiz yoki saytda ariza qoldirasiz.
- Hisobingiz ochiladi
Biznesingiz uchun alohida hisob ochamiz, login va parol beramiz.
- Ma’lumotlarni kiritasiz
Mahsulot va mijozlarni qo‘lda yoki Excel shablon orqali yuklaysiz. Xodimlarga ruxsat berasiz.
- Savdoni boshlaysiz
Kompyuterda ham, telefonda ham. Savol chiqsa — texnik qo‘llab-quvvatlash aloqada.
Telefonda ishlaydimi?
Ha. Dastur brauzerda ishlaydi va mobilga moslashgan: kompyuterda to‘liq panel, telefonda esa pastki menyuli qulay ko‘rinish. Hech narsa o‘rnatish shart emas.
Dollar bilan savdo qilaman, bo‘ladimi?
Bo‘ladi. Kirimni so‘m yoki dollarda kiritasiz, dollar kursini o‘zingiz belgilaysiz — tannarx va foyda shu kurs bo‘yicha hisoblanadi.
Hozirgi daftarim yoki Excel’dagi ma’lumotlarni ko‘chirsa bo‘ladimi?
Ha. Mahsulotlar, kategoriya va brendlar, mijozlar — qarzi va shartnomalari bilan — tayyor Excel shablon orqali yuklanadi. Ma’lumotlarni Excel’ga qaytarib olish ham mumkin.
Sotuvchi hamma narsani ko‘rib qolmaydimi?
Yo‘q. Har bir xodimga rol berasiz: qaysi bo‘limni ko‘radi, nimani qo‘sha oladi, nimani o‘chira olmaydi — hammasini o‘zingiz belgilaysiz.
Rus tilida ishlaydimi?
Ha, dastur o‘zbek va rus tillarida ishlaydi, tilni istalgan payt almashtirsa bo‘ladi. Mijozlar uchun onlayn do‘kon hozircha o‘zbek tilida.
Parolni unutib qo‘ysam nima bo‘ladi?
Xavfsizlik uchun parol faqat administratoringiz yoki qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali tiklanadi. Call center raqamiga qo‘ng‘iroq qilsangiz yetarli.
Narxi qancha?
Tariflar muddat va foydalanuvchilar soniga qarab farqlanadi. SMS va avto-qo‘ng‘iroq ishlatganingizga qarab xizmatlar balansidan yechiladi. Aniq narxni bilish uchun bog‘laning.